23-25-avgust kunlari viloyatning Parkent tumani Zarkent MFY xududida “Uzum sayli” vinochilik xalqaro festivali o‘tkazildi. Festivalga 411 mingdan ziyod fuqarolar tashrif buyurdi. Shundan 50 ming xorijiy turistlar. Festival doirasida turli hil chiqishlar, Respublikamizda va xorijda uzumchilik borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha xalqaro konferensiya tashkillashtirildi. Festivalda mahalliy 12 ta vino ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar maxsus stendlari hamda vinolar degustatsiyasi bilan faol ishtirok etishdi. Tadbirkorlar va fermer xo‘jaliklari o‘rtasida tashkil etilgan V2V muzokaralar natijasida jami 51 mln. AQSH dollaridan ziyod eksport shartnomalari imzolandi. “Uzum sayli” vinochilik xalqaro festivali “O‘zbekiston 24” (rus-o‘zbek), “O‘zbekiston”, “Nurafshon TV” kabi 22 ta mahalliy telekanallar radiokanallar, gazeta-jurnallarda hamda ijtimoiy tarmoqlar jami 500 dan ortiq materiallar e’lon qilindi.