9-may – Xotira va qadrlash kuni
08 May, 2025 - 17:06
3
9-may – Xotira va qadrlash kuni
🇺🇿 Nurafshonda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yangi bog‘ foydalanishga topshirildi
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Nurafshon Business City” hududida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida Ikkinchi jahon urushi yillarida ko‘rsatilgan matonat hamda mustaqillik yillarida Vatan tinchligini himoya qilish yo‘lida namoyon etilgan jasorat namunalarini o‘zida mujassam etgan, 1,5 gektar maydonda barpo etilgan “Vatanparvar” bog‘ining ochilish marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda Toshkent viloyati hokimi, viloyat faollari, tuman va shahar hokimlari, harbiylar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, deputatlar, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Yangi tashkil etilgan “Vatanparvar” bog‘i – jasorat, fidoyilik va vatanparvarlik timsoli sifatida, yosh avlod uchun tarixiy xotira, ibrat va tarbiya maskaniga aylandi. Bog‘ hududida tashkil etilgan muzey esa nafaqat urush va mudofaa tarixini yoritadi, balki tinchlik, barqarorlik va erkinlikning beqiyos qadrini anglashga xizmat qiladi.
📍 Ushbu bog‘ – ezgu xotira, qadrlash, vatanparvarlik va milliy birdamlik ramziga aylangan muhim maskan bo‘lib qoldi.