Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati yanada rivojlantiriladi
17 Jul, 2025 - 17:06
66
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati yanada rivojlantiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2025-yil 23-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-98-sonli Farmoni qabul qilindi. Ta’kidlash kerakki, ushbu Farmon mamlakatimizda xalq hokimiyatchaligini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
🗞 Mazkur Farmon bilan, jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining rolini oshirish, fuqarolarning mahalliy boshqaruvda keng ishtirok etishiga oid demokratlashtirish jarayonlarini mustahkamlash, hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida nomarkazlashtirish, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari xalqaro hamkorligining huquqiy asoslarini mustahkamlash kabi maqsadlar ko‘zda tutilgan.