OKMK sport majmuasida Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan gala konsert
16 May, 2025 - 18:06
2
Ayni paytda Olmaliq shahar OKMK sport majmuasida Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan gala konsert bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev va OKMK boshqaruv raisi Abdulla Xursanovlar ham ishtirok etib, barchani ayyom bilan samimiy muborakbod etdi.
Shuningdek, bir guruh faol ishchi-xodimlar turli darajadagi “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishonlari bilan mukofotlandi.
Bayram konserti davom etmoqda.
Mazkur bayram tadbiri to‘g‘ridan to‘g‘ri “Nurafshon” telekanali orqali efirga uzatilmoqda.