Toshkent viloyat boshqarmasi
27 May, 2025 - 17:06
22
Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig'i Ahror Mirzayev boshqarma tasarrufidagi tizim tashkilotlari rahbarlari bilan tahliliy yig'ilish o'tkazdi.
Bugun Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig'i Ahror Mirzayev boshqarma tasarrufidagi tizim tashkilotlari rahbarlari bilan tahliliy yig'ilish o'tkazdi.
Yig'ilishda bir qator masalalar muhokama qilindi. Jumladan, ijro intizomi holati “EDO” tizimi orqali topshiriqlarni bajarilishi, yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari, 2024-2025-o‘quv yili yakuni bo‘yicha hisobot, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, “ERP madaniyat” yagona boshqaruv tizimining maqsad va vazifalari, “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 14-iyundagi PQ–222-son qarori ijrosini ta’minlash, korrupsiyaga barham berish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirish bo‘yicha, namunali madaniyat markazlari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi yuzasidan hisobotlar tinglandi.