#ONLAYN_QABUL
25 May, 2025 - 17:06
15
Toshkent viloyat boshqarmasi
Avval xabar berilganidek 28-mart kuni Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi boshligʻi hamda oʻrinbosarining onlayn qabuli rejalashtirilgan edi.
Ushbu onlayn qabul boshqarma boshqarma boshligʻi hamda moliyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Xodjayeva Hayotxon Shavkatovna tomonidan oʻtkazildi.
Boʻlib oʻtgan onlayn qabul davomida soha vakillari, jismoniy hamda yuridik shaxslar tomonidan yoʻllangan bir qator masalalar hamda murojaat va takliflar tinglandi.
Qabul jarayonida kelib tushgan murojaatlar yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.